Sirdaryo viloyat ma’muriy sudida “Yil kitobxoni” tanlovi o‘tkazildi.
Sirdaryo viloyat ma’muriy sudi binosida 2024 yil 26 dekabrda viloyat ma’muriy sudi raisi tashabbusi bilan tashkil etilgan kitobxonlik doirasida sud xodimlari orasida “Yil kitobxoni” tanlov tadbiri o‘tkazildi.
Mazkur tadbirga Guliston davlat universiteti o‘qituvchisi filologiya fanlar bo‘yicha falsafa doktori A.To‘ychiev, Guliston davlat universiteti magistranti “Yosh kitobxon” tanlovi Respublika bosqichi g‘olibi, “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti sovrindori Y.Hayitboyev va O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Sh.Jumaevlar taklif etildti.
Tadbir davomida Sirdaryo viloyat ma’muriy sudi xodimlari muhokamaga qo‘yilgan kitoblar yuzasidan o‘z fikr mulohazalarini bildirishdi va komissiya a’zolari tomonidan berilgan savollarga atroflicha javob berdilar.
Tadbir yakuni bo‘yicha “Yil kitobxoni” tanlovida uchinchi o‘rinni viloyat ma’muriy sudi sudya katta yordamchisi M.Saribaeva, ikkinchi o‘rinni viloyat ma’muriy sudi bosh konsultanti Sh.O‘ktamov va faxrli birinchi o‘rinni Guliston tumanlararo ma’muriy sudi sudya yordamchisi Z.Egamberdievalar egalladilar va ularga Sirdaryo viloyat ma’muriy sudi rahbariyatining esdalik sovg‘alari topshirildi.