Sirdaryo viloyat va Guliston tumanlararo ma’muriy sudlarining sudya va sud xodimlari ishtirokida umumxalq xayriya hashari o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining 2026-yil 6-martdagi “Umumxalq xayriya hasharini o‘tkazish to‘g‘risida”gi 6-sonli farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 13-14 mart kunlari Sirdaryo viloyat va Guliston tumanlararo ma’muriy sudlarining sudya va sud xodimlari ishtirokida umumxalq xayriya hashari o‘tkazildi.
Umumxalq xayriya hasharini o‘tkazish davomida viloyat ma’muriy sudi binosi hududi, yon-atrofi hamda binoning hovlisida va O‘zbekiston ko‘chasi bilan tutash bo‘lgan old qismida yotqizilgan yashil o‘tli qoplama begona o‘tlardan tozalandi va shakl berildi.
Shuningdek, ko‘cha va yo‘laklar tartibga keltirildi, daraxtlar, butalar oqlandi, xizmat xonalarida sanitariya-gigienik ishlar amalga oshirildi, obodonlashtirish jarayonida to‘plangan chiqindilar belgilangan joylarga olib chiqilishi ta’minlandi.


Sirdaryo viloyat va Guliston tumanlararo ma’muriy sudlarining sudya va sud xodimlari ishtirokida umumxalq xayriya hashari o‘tkazish ishlari davom ettirilmoqda.