Sirdaryo viloyat ma’muriy sudlarida “18 noyabr — O‘zbekiston Respublikasida davlat bayrog‘i qabul qilingan kun”iga bag‘ishlangan bayram tadbiri o‘tkazildi.

Sirdaryo viloyat va Guliston tumanlararo ma’muriy sudlarida sudyalar va sud xodimlari hamda tadbir mehmonlari Sirdaryo viloyat prokuraturasi bo‘lim prokurori A.Ubatov, Guliston Davlat pedagogika instituti Tarix va san’atshunoslik kafedrasi dotsenti O.Kanimkulov, Guliston Davlat Universiteti Tarix kafedra o‘qituvchisi Sh.Ma’rufov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist R.Xasanovlar ishtirokida “18 noyabr — O‘zbekiston Respublikasida davlat bayrog‘i qabul qilingan kun”iga bag‘ishlangan bayram tadbiri o‘tkazildi.

Mazkur bayram tadbirida Sirdaryo viloyat ma’muriy sudi raisi           T.Qodirqulov, Sirdaryo viloyat prokuraturasi bo‘lim prokurori A.Ubatov, Guliston Davlat pedagogika instituti Tarix va san’atshunoslik kafedrasi dotsenti O.Kanimkulov, Guliston Davlat Universiteti Tarix kafedra o‘qituvchisi Sh.Ma’rufov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist R.Xasanovlar so‘zga chiqishib, O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i yuzasidan ma’ruza qilib, barcha tadbir ishtirokchilarini “18 noyabr — O‘zbekiston Respublikasida davlat bayrog‘i qabul qilingan kun”i munosabati bilan tabrikladi hamda o‘zlarining iliq bayramona fikrlarini bildirdilar.

Shuningdek, bayram tadbiri davomida viloyat ma’muriy sudi xodimlari “18 noyabr — O‘zbekiston Respublikasida davlat bayrog‘i qabul qilingan kun”i munosabati bilan o‘zlari tayyorlagan taqdimotlarini, badiiy, musiqiy dasturlarini tadbir ishtirokchilariga taqdim etishdi va kelgusida shu kabi bayram tadbirlarini hamkor tashkilotlar bilan birgalikda o‘tkazib borilishi yuzasidan kelishib olindi.

Sirdaryo viloyat ma’muriy

sudi