Sirdaryo viloyat ma’muriy sudi binosida “Navro‘zni ulug‘lash – insonni ulug‘lashdir!” degan ezgu g‘oya asosida bayram tadbiri tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining 2026-yil 11-martdagi “Sudlar tomonidan Navro‘z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi 8-sonli farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida muayyan ishlar amalga oshirildi.
Xususan, joriy yilning 13-14-mart kunlari Sirdaryo viloyat va Guliston tumanlararo ma’muriy sudlarining sudya va sud xodimlari ishtirokida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish tadbirlari tashkil etildi.
Ushbu tadbirda viloyat ma’muriy sudi binosi hududi, yon-atrofi hamda binoning hovlisida va O‘zbekiston ko‘chasi bilan tutash bo‘lgan old qismida yotqizilgan yashil o‘tli qoplama begona o‘tlardan tozalandi va shakl berildi.
Shuningdek, ko‘cha va yo‘laklar tartibga keltirildi, daraxtlar va butalar oqlandi, xizmat xonalarida sanitariya-gigienik ishlar amalga oshirildi, obodonlashtirish jarayonida to‘plangan chiqindilar belgilangan joylarga olib chiqilishi ta’minlandi.
Joriy yilning 19-mart kuni viloyat ma’muriy sudi binosida “Navro‘zni ulug‘lash – insonni ulug‘lashdir!” degan ezgu g‘oya asosida bayram tadbiri tashkil etildi.
Bayram tadbirida Sirdaryo viloyat va Guliston tumanlararo ma’muriy sudlarining sudya va sud xodimlari bilan bir qatorda sud faxriylari hamda bir qancha elimiz suygan fidoyi insonlar ham ishtirok etishdi.
Shuningdek, tadbirda talaba va o‘quvchi yoshlar ham ishtirok etishib, o‘zlarining sohada erishib kelayotgan yutuqlari bilan o‘rtoqlashdi.
Shu bilan birgadikda Navro‘z umumxalq bayrami arafasida yoshlarga quloq tutish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va muammolariga amaliy yechim topish maqsadida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi hamda “Ochiq eshiklar” kuni tadbirlari tashkil etildi.
“Rahbar va yoshlar” uchrashuvi talaba va o‘quvchi yoshlar qiziqtirgan masalalar yuzasidan samimiy ochiq muloqot tarzida tashkil etilib, Sirdaryo viloyat ma’muriy sudi raisi T.Qodirqulov ular tomonidan berilgan savollarga atroflicha javoblar berib o‘tdi.
“Ochiq eshiklar” kuni tadbiri davomida talaba va o‘quvchi yoshlar viloyat ma’muriy sudi binosi, uning tuzilishi va ishlash jarayoni, sudda tashkil etilgan kutubxona faoliyati bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar.
Shuningdek, yoshlar uchun sud majlisi jarayoni namoyish etildi. Bu orqali talabalar sudda ishlarni ko‘rib chiqish tartibi, taraflarning huquq va majburiyatlari, sud muhokamasining ochiqlik va shaffoflik tamoyillari bilan amaliy jihatdan tanishdilar.
Tadbir davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar, sud tizimida ishlash imkoniyatlari va yuridik kasbning ahamiyati haqida fikr almashildilar.
Bunday ochiq muloqotlar yoshlarning huquqiy ongi va madaniyatini oshirishga, ularda qonunga hurmat ruhini shakllantirishga xizmat qiladi. Ochiq eshiklar kuni esa sud organlarining ochiqligi va jamoatchilik bilan samarali muloqotini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.