Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 270 sonli Farmoni.Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-dekabrdagi PF–270-son Farmoni bilan korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish bo‘yicha davlat siyosatini amalga oshirishda tizimlilik, ochiqlik va profilaktika tamoyillari asos qilib belgilandi. Farmonda korrupsiyaga qarshi kurashish faqat javobgarlik choralarini qo‘llash bilan cheklanmasdan, balki davlat organlari faoliyatida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni barvaqt aniqlash va ularni bartaraf etishga qaratilgan mexanizmlarni joriy etish zarurligi ko‘rsatib o‘tilgan.
Farmonda belgilangan vazifalarga muvofiq, davlat organlari va mansabdor shaxslar faoliyati ustidan sud nazoratini kuchaytirish korrupsiyaning oldini olishning muhim huquqiy vositalaridan biri hisoblanadi. Ma’muriy sudlar aynan shu vazifani amalga oshiruvchi sud hokimiyati bo‘g‘ini sifatida davlat organlari tomonidan qabul qilinayotgan qarorlar, buyruqlar va boshqa hujjatlarning qonuniyligini tekshiradi.
PF–270-son Farmonida davlat organlari faoliyatida ochiqlik siyosatini izchil davom ettirish, qaror qabul qilish jarayonlarining shaffofligini ta’minlash belgilangan. Ma’muriy sudlar tomonidan ochiq sud majlislarida ishlarni ko‘rib chiqilishi, sud qarorlarining asoslantirilgan holda qabul qilinishi va ochiq e’lon qilinishi ushbu talablarning amaliy ijrosini ta’minlaydi.
Farmonda normativ-huquqiy hujjatlar va boshqaruv qarorlarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish vazifasi belgilangan. Ma’muriy sudlar tomonidan davlat organlari qarorlarining sud tartibida baholanishi ushbu hujjatlarda korrupsiyaviy omillar mavjud yoki mavjud emasligini aniqlashga xizmat qiladi. Sud qarorlari esa kelgusida bunday hujjatlarni qabul qilishda huquqiy mezon sifatida xizmat qiladi.
Shuningdek, PF–270-son Farmonida davlat boshqaruvida raqamlashtirish orqali inson omilini kamaytirish va shu orqali korrupsiyaviy xavf-xatarlarni pasaytirish vazifasi belgilangan. Ma’muriy sudlarda elektron ish yuritish tizimlarining joriy etilishi sud jarayonlarining shaffofligi va nazorat qilinishini ta’minlab, noqonuniy aralashuvlarning oldini oladi.
Farmon talablariga muvofiq, davlat organlari faoliyatida qabul qilinayotgan qarorlarning qonuniyligi ustidan samarali sud nazorati o‘rnatilishi mansabdor shaxslarning mas’uliyatini oshiradi. Bu esa korrupsiyaga qarshi kurashishda profilaktik ta’sir ko‘rsatib, qonuniylikni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Guliston tumanlararo ma’muriy sudi sudyasi
Ganiyev Aziz Kuchimuratovich
 
Prezidentning PF–270-son Farmoni korrupsiyaga qarshi kurashishda barcha davlat organlari faoliyatini yagona siyosat asosida muvofiqlashtirish, shuningdek, sud hokimiyatining bu boradagi rolini kuchaytirishni nazarda tutadi. Farmonda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini samarali tashkil etish uchun monitoring, tahlil va nazorat mexanizmlarini kuchaytirish vazifalari belgilangan.
Farmon talablariga ko‘ra, davlat organlari va mansabdor shaxslar tomonidan qabul qilinadigan qarorlar korrupsiyaviy xavf-xatarlardan xoli bo‘lishi lozim. Ma’muriy sudlar tomonidan bunday qarorlarning sud tartibida ko‘rib chiqilishi ushbu talablarning amalda bajarilishini ta’minlaydi. Sudlar tomonidan qabul qilinayotgan qarorlar faqat qonun talablariga asoslanadi.
PF–270-son Farmonida manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, mansabdor shaxslar faoliyatida shaffoflikni ta’minlash muhim vazifa sifatida belgilangan. Ma’muriy sudlarda ishlarni ko‘rib chiqish jarayonida davlat organlari qarorlarining asosliligi va xolisligi tekshiriladi. Bu esa manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq holatlarni aniqlash va bartaraf etishga xizmat qiladi.
Farmonda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida yagona huquqni qo‘llash amaliyotini shakllantirish vazifasi belgilangan. Ma’muriy sudlar tomonidan qabul qilinayotgan sud hujjatlari ushbu yagona amaliyotni shakllantirishda muhim o‘rin tutadi. Sud qarorlari davlat organlari faoliyatida yo‘l qo‘yilgan xatolarni bartaraf etishga va kelgusida bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslikka xizmat qiladi.

Shuningdek, PF–270-son Farmonida jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, ochiq axborot tizimlari orqali davlat organlari faoliyati ustidan nazoratni ta’minlash belgilangan. Ma’muriy sudlar tomonidan ishlarning oshkora ko‘rib chiqilishi ushbu talablarning ijrosiga mos keladi.
Farmon bilan belgilangan vazifalardan kelib chiqib aytish mumkinki, ma’muriy sudlar korrupsiyaga qarshi kurashish tizimida nazorat va profilaktika funksiyasini bajaruvchi muhim huquqiy institut sifatida faoliyat yuritadi va Farmon ijrosini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Guliston tumanlararo ma’muriy sudining sudyasi
Xaydarov Baxodir Ilsayiddinovich