Sirdaryo viloyati ma’muriy sudlarida interaktiv xizmatlar.

Bugungi kunda, fuqaro va tadbirkorlik sub’ektlariga qulaylik yaratish maqsadida yagona manzil asosida Oliy sudning (my.sud.uz) interaktiv elektron xizmatlar portalidan erkin foydalanish imkoniyati yaratilgan.

Sirdaryo viloyat ma’muriy sudlarida interaktiv xizmatlar ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilgan.

Sud hokimiyati organlari faoliyatini raqamlashtirish, sudlar va boshqa idoralar o‘rtasida ma’lumot almashinuvini yaxshilash borasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.

Fuqaro, tadbirkorlik sub’ektlari va advokatlar  elektron murojaat (cabinet.sud.uz) xizmatidan foydalangan holda sudga da’vo arizasini yuborishlari va ish holatini onlayn kuzatib borishlari, shuningdek, shaxsiy kabinetning “hujjatlar” ruknida sud xabarnomalari, qarorlari va ijro varaqalarni yuklab olishlari mumkin.

Fuqaro, tadbirkorlik sub’ektlari va advokatlar videokonferensaloqa (vka.sud.uz) vositasidan foydalangan holda sud jarayonlarida masofadan qatnashishi mumkin. Hozirda videokonferensaloqa xizmati orqali login va parol olishda muammolar  aniqlanmadi.