O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi inson va fuqarolarning tabiiy huquq va erkinliklarini himoya qilishining kafolatidir
O‘zbekiston Respublikasining yangi Konstitutsiyasi 6-bo‘lim, 27-bob va 155-moddadan iborat bo‘lib, bosh qomusimizning 2-bo‘limi Inson va fuqarolarning huquq, erkinliklar va va burchlariga bag‘ishlangan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasida inson va fuqarolarlarning huquq va erkinliklarini taʼminlashga katta eʼtibor qaratilganligidan dalolat beradi.
Konstitutsiyaning 19-moddasida, inson huquq va erkinliklari har kimga tug‘ilganidan boshlab tegishli bo‘lishi, 23-moddasida esa, davlat o‘z hududida ham, uning tashqarisida ham o‘z fuqarolarini himoya qilish va ularga homiylik ko‘rsatishni kafolatlashi belgilab qo‘yilgan. Konstitutsiyamizning eng muhim normalaridan biri 54-moddasida beliglab qo‘yilgan, unga ko‘ra, insonning huquq va erkinliklarini taʼminlash davlatning oliy maqsadidir, davlat inson hamda fuqaroning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlangan huquqlari va erkinliklarini taʼminlaydi.
Shuni alohida aytish kerakki, yangi Konstitutsiya qabul qilinishi, xalqimiz hayotida insonning ozod va erkin yashash, mulkka ega bo‘lish, taʼlim olish, mehnat qilish, saylash va saylanish kabi huquqlari, so‘z hamda eʼtiqod erkinliklarini oliy qadriyat darajasiga ko‘tardi. Shuningdek, bosh qomusimizning muqaddimasida inson huquqlariga va davlat suvereniteti g‘oyalariga sodiqlik eʼlon qilinib, hozirgi va kelajak avlodlar oldidagi yuksak maʼsuliyatni anglagan holda, o‘zbek davlatchiligi rivojining tarixiy tajribasiga tayanilib, demokratiya va ijtimoiy adolatga sadoqat namoyon etilib, xalqaro huquq umumeʼtirof etilgan qoidalari ustunligi tan olingan holda respublika fuqarolarining munosib hayot kechirishini taʼminlashga intilib, insonparvar demokratik huquqiy davlat barpo etish ko‘zlanib, fuqarolar tinchligi va milliy totuvligini taʼminlash maqsadida yangi Kostitutsiyamiz qabul qilindi
Konstitutsiya va uning asosida qabul qilingan qonunlar xalq farovonligi, tinchligi va osoyishtaligi, diniy bag‘rikengligi, millatlar va ellatlararo totuvlikni hamda inson qadrining bosh kafili bo‘lishi lozim. Buning uchun har bir fuqaro Kostitutsiyani bilish, unda o‘zining mustahkamlab qo‘yilgan huquqlaridan insofli ravishda fodalanishi hamda davlat oldidagi burchlarini vijdonan bajarmog‘i lozim.
Xulosa qilib aytganda, yangi Konstitutsiyamiz qabul qilinishi, yurtimizdagi har bir fuqaroning huquq va erkinliklarini qonun yo‘li bilan himoya qilishni yana-da mustahkamlab qolmay, ularning davlatga bo‘lgan ishochini yana-da oshirishga xizmat qiladi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Guliston tumanlararo ma’muriy
sudi devonxona mudiri
N.A.Urazov