O‘zbekiston Respublikasining  sudlarda ishlarni ko‘rishda prokurorning vakolatlarini ta’minlashga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi 2024-yil 30 sentabrdagi 968-sonli qonuni mazmun-mohiyati

Keyingi yillarda mamlakatimizda sud hokimiyati mustaqilligini, sudlar faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash bo‘yicha izchil islohotlar amalga oshirilmoqda, bu fuqarolar hamda tadbirkorlik subektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish kafolatlarini kuchaytirishga xizmat qiladi.

Shu bilan birga sud ishlarini yuritishda taraflarning tortishuvi prinsipini, davlat manfaatlari samarali himoya qilinishini ta’minlash sudlar tomonidan fuqarolik, iqtisodiy va ma’muriy ishlarni ko‘rishda prokurorning ishtirokiga, shuningdek ishlarni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha qabul qilingan sud hujjatlari ustidan shikoyat qilishga taalluqli protsessual normalar yanada aniqlashtirilishini taqozo etmoqda. ushbu Qonun bilan O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksiga davlatning qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida prokurorning yerga oid huquqiy munosabatlar, davlat mulki, davlatga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash va davlat budjetidan undiruvlar bilan bog‘liq ishlarda ishtirok etish huquqini, shuningdek davlat manfaatlarini himoya qilish uchun sudga ariza bilan murojaat qilish huquqini nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda, O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksiga prokurorning yerga oid huquqiy munosabatlar, davlat mulki bilan bog‘liq ishlarda, atrof-muhitni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish, davlat budjetidan undiruvlar, o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratga bo‘lgan mulk huquqini e’tirof etish, xususiy mulk sifatida egalik qilish va undan foydalanish faktini aniqlash, bojxona to‘lovlarini undirish bilan bog‘liq ishlarda ishtirok etishini nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritilmoqda, Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksida, O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksida va O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksida prokurorning sud muhokamasining vaqti va joyi to‘g‘risida prokuror tegishli tarzda xabardor qilinmasdan ko‘rilgan, qonunda prokurorning ishtirok etishi nazarda tutilgan ishlar bo‘yicha kassatsiya protesti, taftish tartibida protest keltirish to‘g‘risidagi masalani hal qilish uchun tegishli sudlardan ishlarni talab qilib olishga bo‘lgan huquqi belgilanmoqda, shuningdek mazkur toifadagi ishlarni ko‘rish yakunlari bo‘yicha chiqarilgan sud hujjatlari ustidan shikoyat qilish tartibi aniqlashtirilmoqda, Ushbu Qonun prokuratura organlarining odil sudlovni amalga oshirishga ko‘maklashish borasidagi faoliyati samaradorligini yanada oshirishga, fuqarolarning huquq va erkinliklarini, jamiyat hamda davlatning qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini to‘laqonli himoya qilishga, shuningdek sudlarda ishlarni muhokama qilishda qonuniylikni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Guliston tumanlararo ma’muriy

sudining sudyasi A.Ganiyev

sudya yordamchisi J.Zavqiyev

Sirdaryo viloyati ma’muriy sudlarida interaktiv xizmatlar.

Bugungi kunda, fuqaro va tadbirkorlik sub’ektlariga qulaylik yaratish maqsadida yagona manzil asosida Oliy sudning (my.sud.uz) interaktiv elektron xizmatlar portalidan erkin foydalanish imkoniyati yaratilgan.

Sirdaryo viloyat ma’muriy sudlarida interaktiv xizmatlar ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilgan.

Sud hokimiyati organlari faoliyatini raqamlashtirish, sudlar va boshqa idoralar o‘rtasida ma’lumot almashinuvini yaxshilash borasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.

Fuqaro, tadbirkorlik sub’ektlari va advokatlar  elektron murojaat (cabinet.sud.uz) xizmatidan foydalangan holda sudga da’vo arizasini yuborishlari va ish holatini onlayn kuzatib borishlari, shuningdek, shaxsiy kabinetning “hujjatlar” ruknida sud xabarnomalari, qarorlari va ijro varaqalarni yuklab olishlari mumkin.

Fuqaro, tadbirkorlik sub’ektlari va advokatlar videokonferensaloqa (vka.sud.uz) vositasidan foydalangan holda sud jarayonlarida masofadan qatnashishi mumkin. Hozirda videokonferensaloqa xizmati orqali login va parol olishda muammolar  aniqlanmadi.

ФМ 90.6 Сирдарё ёшлари радиоси орқали “Студия 16” эшиттиришида Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2025 йил 30 январдаги             ПҚ-33-сонли “Фуқаролар ва тадбиркорлик субъектларининг ҳуқуқларини суд орқали ҳимоя қилишнинг замонавий механизмларини жорий этиш бўйича қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида” ги Қарори билан тасдиқланган Ўзбекистон Республикаси маъмурий суд ишларини юритиш тўғрисидаги қонунчиликни такомиллаштириш Концепцияси ҳақида

Сирдарё вилоят маъмурий судининг судьяси
Мирзоҳид Хайдаров ўз фикр- мулоҳазаларини билдириб ўтдилар.

Fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlarini sud orqali himoya qilishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilandi

So‘nggi yillarda mamlakatimizda davlat organlari bilan munosabatlarda fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari samarali himoyasini ta’minlashda tizimli islohotlar amalga oshirildi. Ayniqsa, 2017 yilda mamlakatimiz tarixida ilk marotaba ma’muriy sudlar tashkil qilinganligi fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlarining davlat organlari va mansabdor shaxslarning qonunga xilof qarorlari, harakatlari ustidan sudga shikoyat qilishga oid konstitutsiyaviy huquqlarini ta’minlashda muhim qadam bo‘ldi.

O‘tgan davrda ma’muriy sudlar tomonidan ko‘rib chiqilgan 120 mingga yaqin ariza va shikoyatlarning 57 foizi qanoatlantirilib, fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlarining buzilgan huquqlari tiklanganligi ham ma’muriy sudlarning qonun ustuvorligini ta’minlash hamda shaxsning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilishda muhim institut sifatida shakllanganligini ko‘rsatmoqda.

Bu borada ma’muriy sudlar zimmasiga shikoyatlarni ko‘rib chiqishda «faol ishtirok etish» tamoyili asosida nizoni to‘g‘ri hal qilish uchun dalillarni mustaqil yig‘ish majburiyati yuklangani, sud qarori ijrosini ta’minlamagan mansabdor shaxslarga jarima qo‘llash vakolati berilgani ham ushbu institut takomillashib borayotganligidan dalolat beradi.

Shu bilan birga, bugungi kunda ma’muriy sudlar faoliyatiga ilg‘or xorijiy tajribada o‘zini oqlagan institut va tartiblarni keng qo‘llash orqali fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda ushbu sudlarning rolini oshirish, shu jumladan, davlat organi hujjatiga ishonib faoliyat yuritgan fuqaro va tadbirkorlik sub’ektlari huquqlari va qonuniy manfaatlarining himoyasini qo‘shimcha ravishda kuchaytirish zarurati vujudga kelmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2025 yil 30 yanvar kuni “Fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlarini sud orqali himoya qilishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha qo‘shimcha
chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-33-sonli qarorni imzoladi.

Mazkur qaror bilan davlat organlari bilan munosabatlarda fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarining samarali hamda ishonchli himoya etilishini ta’minlash va ma’muriy sud ishlarini yuritishni xalqaro standartlardan kelib chiqib yanada takomillashtirish maqsadida bir qancha
chora-tadbirlar belgilandi.

Jumladan, ma’muriy sudlar faoliyatiga quyidagi tartiblar joriy etilishi belgilandi:

qarori, harakati (harakatsizlik) ustidan shikoyat qilinayotgan davlat organi mansabdor shaxsi yoki uning vakili sud majlisida majburiy ishtirok etishini ta’minlash;

ma’muriy sud ish yurituvida ishlarning tezkor va sifatli ko‘rib chiqilishini ta’minlashga hamda fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlariga o‘z huquqlarini himoya qilish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratishga qaratilgan dastlabki eshituv institutini joriy etish.

Ishonchning himoya qilinishi prinsipi Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksda alohida belgilandi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasida ma’muriy sudlar faoliyatini takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilandi:

davlat organlari bilan munosabatlarda fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlari huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ishonchli va samarali himoya etilishini ustuvor ravishda ta’minlash;

fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlarining buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini tiklashda sudning faol ishtiroki prinsipini qo‘llash mexanizmlarini kengaytirish;

davlat organlari va mansabdor shaxslarning faoliyati ustidan samarali sud nazoratini o‘rnatish;

ma’muriy sud ishlarini yuritishda nizolarni sudgacha hal qilish mexanizmlarini takomillashtirish;

fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlarini himoya qilishda ma’muriy sudlarning rolini kuchaytirish orqali aholining sud tizimiga bo‘lgan ishonchini yanada oshirish;

davlat organlari tomonidan sud qarorlari ijro etilishi ustidan nazoratning ta’sirchan mexanizmlarini to‘liq joriy etish;

ma’muriy yustitsiya tizimi rivojlangan davlatlar tajribasi asosida ma’muriy sudlar faoliyatini takomillashtirib borish.

Shuningdek, mazkur qaror bilan ma’muriy sudlar faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha bir qancha normativ hujjatlar ishlab chiqilishi bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Ushbu o’zgarishlar davlat organlari bilan munosabatlarda fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarining yanada samarali hamda ishonchli himoya etilishini ta’minlashga xizmat qiladi.

Sirdaryo viloyat ma’muriy sudi

bosh konsultanti Sh.O‘ktamov

Bugun, ya’ni 2025 yil 7 fevral kuni Sirdaryo viloyat va Guliston tumanlararo ma’muriy sudlarida sudyalar va sud xodimlari ishtirokida Sirdaryo viloyat soliq boshqarmasi, tuman va shahar soliq inspeksiyalari tomonidan sayyor soliq tekshiruvlari natijasida qarorlar qabul qilinishida, harakatlari (harakatsizligi)da qonuniylikni ta’minlashning ayrim muammolarini o‘rganish yuzasidan seminar mashg‘uloti o‘tkazildi.

Mazkur seminar mashg‘ulotida Sirdaryo viloyat soliq boshqarmasi, tuman va shahar soliq inspeksiyalari mas’ul xodimlari ham ishtirok etishib, soha bo‘yicha o‘zlarining qiziqtirgan savollariga tegishli javoblarini olishdi.

Sirdaryo viloyat ma’muriy sudining sudyasi                                                                       

 M.Xaydarov

Sirdaryo viloyat ma’muriy sudining sudya katta yordamchsi        Y.Kuldashev                                                                

Sirdaryo viloyat ma’muriy sudlari sudyalari va sud xodimlari uchun Guliston davlat universitetining filologiya fanlari doktori I.Ermatov tomonidan “Sud hujjatlarini rasmiylashtirishda o‘zbek tili qoidalariga rioya qilinishi bo‘yicha» seminar mashg‘uloti o‘tkazilidi.

Sirdaryo viloyat ma’muriy sudining 2025 yil 3 yanvardagi RS-01-25-sonli Rayosat qarori bilan tasdiqlangan ish rejaning 1.5-bandida “Sud hujjatlarini rasmiylashtirishda o‘zbek tili qoidalariga, jumladan orfografiya, punktuatsiya, terminologiya va uslubiy talablarga rioya qilinishi bo‘yicha seminar mashg‘ulotlarini o‘tkazish” belgilangan.
Mazkur ish rejaga muvofiq Sirdaryo viloyat ma’muriy sud binosida Sirdaryo viloyat ma’muriy sudlari sudyalari va sud xodimlari uchun Guliston davlat universitetining filologiya fanlari doktori I.Ermatov tomonidan seminar mashg‘uloti o‘tkazilidi.

Skip to content