ФМ 90.6 Сирдарё ёшлари радиоси орқали “Студия 16” эшиттиришида Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2025 йил 30 январдаги             ПҚ-33-сонли “Фуқаролар ва тадбиркорлик субъектларининг ҳуқуқларини суд орқали ҳимоя қилишнинг замонавий механизмларини жорий этиш бўйича қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида” ги Қарори билан тасдиқланган Ўзбекистон Республикаси маъмурий суд ишларини юритиш тўғрисидаги қонунчиликни такомиллаштириш Концепцияси ҳақида

Сирдарё вилоят маъмурий судининг судьяси
Мирзоҳид Хайдаров ўз фикр- мулоҳазаларини билдириб ўтдилар.

Fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlarini sud orqali himoya qilishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilandi

So‘nggi yillarda mamlakatimizda davlat organlari bilan munosabatlarda fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari samarali himoyasini ta’minlashda tizimli islohotlar amalga oshirildi. Ayniqsa, 2017 yilda mamlakatimiz tarixida ilk marotaba ma’muriy sudlar tashkil qilinganligi fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlarining davlat organlari va mansabdor shaxslarning qonunga xilof qarorlari, harakatlari ustidan sudga shikoyat qilishga oid konstitutsiyaviy huquqlarini ta’minlashda muhim qadam bo‘ldi.

O‘tgan davrda ma’muriy sudlar tomonidan ko‘rib chiqilgan 120 mingga yaqin ariza va shikoyatlarning 57 foizi qanoatlantirilib, fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlarining buzilgan huquqlari tiklanganligi ham ma’muriy sudlarning qonun ustuvorligini ta’minlash hamda shaxsning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilishda muhim institut sifatida shakllanganligini ko‘rsatmoqda.

Bu borada ma’muriy sudlar zimmasiga shikoyatlarni ko‘rib chiqishda «faol ishtirok etish» tamoyili asosida nizoni to‘g‘ri hal qilish uchun dalillarni mustaqil yig‘ish majburiyati yuklangani, sud qarori ijrosini ta’minlamagan mansabdor shaxslarga jarima qo‘llash vakolati berilgani ham ushbu institut takomillashib borayotganligidan dalolat beradi.

Shu bilan birga, bugungi kunda ma’muriy sudlar faoliyatiga ilg‘or xorijiy tajribada o‘zini oqlagan institut va tartiblarni keng qo‘llash orqali fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda ushbu sudlarning rolini oshirish, shu jumladan, davlat organi hujjatiga ishonib faoliyat yuritgan fuqaro va tadbirkorlik sub’ektlari huquqlari va qonuniy manfaatlarining himoyasini qo‘shimcha ravishda kuchaytirish zarurati vujudga kelmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2025 yil 30 yanvar kuni “Fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlarini sud orqali himoya qilishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha qo‘shimcha
chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-33-sonli qarorni imzoladi.

Mazkur qaror bilan davlat organlari bilan munosabatlarda fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarining samarali hamda ishonchli himoya etilishini ta’minlash va ma’muriy sud ishlarini yuritishni xalqaro standartlardan kelib chiqib yanada takomillashtirish maqsadida bir qancha
chora-tadbirlar belgilandi.

Jumladan, ma’muriy sudlar faoliyatiga quyidagi tartiblar joriy etilishi belgilandi:

qarori, harakati (harakatsizlik) ustidan shikoyat qilinayotgan davlat organi mansabdor shaxsi yoki uning vakili sud majlisida majburiy ishtirok etishini ta’minlash;

ma’muriy sud ish yurituvida ishlarning tezkor va sifatli ko‘rib chiqilishini ta’minlashga hamda fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlariga o‘z huquqlarini himoya qilish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratishga qaratilgan dastlabki eshituv institutini joriy etish.

Ishonchning himoya qilinishi prinsipi Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksda alohida belgilandi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasida ma’muriy sudlar faoliyatini takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilandi:

davlat organlari bilan munosabatlarda fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlari huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ishonchli va samarali himoya etilishini ustuvor ravishda ta’minlash;

fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlarining buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini tiklashda sudning faol ishtiroki prinsipini qo‘llash mexanizmlarini kengaytirish;

davlat organlari va mansabdor shaxslarning faoliyati ustidan samarali sud nazoratini o‘rnatish;

ma’muriy sud ishlarini yuritishda nizolarni sudgacha hal qilish mexanizmlarini takomillashtirish;

fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlarini himoya qilishda ma’muriy sudlarning rolini kuchaytirish orqali aholining sud tizimiga bo‘lgan ishonchini yanada oshirish;

davlat organlari tomonidan sud qarorlari ijro etilishi ustidan nazoratning ta’sirchan mexanizmlarini to‘liq joriy etish;

ma’muriy yustitsiya tizimi rivojlangan davlatlar tajribasi asosida ma’muriy sudlar faoliyatini takomillashtirib borish.

Shuningdek, mazkur qaror bilan ma’muriy sudlar faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha bir qancha normativ hujjatlar ishlab chiqilishi bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Ushbu o’zgarishlar davlat organlari bilan munosabatlarda fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarining yanada samarali hamda ishonchli himoya etilishini ta’minlashga xizmat qiladi.

Sirdaryo viloyat ma’muriy sudi

bosh konsultanti Sh.O‘ktamov

Bugun, ya’ni 2025 yil 7 fevral kuni Sirdaryo viloyat va Guliston tumanlararo ma’muriy sudlarida sudyalar va sud xodimlari ishtirokida Sirdaryo viloyat soliq boshqarmasi, tuman va shahar soliq inspeksiyalari tomonidan sayyor soliq tekshiruvlari natijasida qarorlar qabul qilinishida, harakatlari (harakatsizligi)da qonuniylikni ta’minlashning ayrim muammolarini o‘rganish yuzasidan seminar mashg‘uloti o‘tkazildi.

Mazkur seminar mashg‘ulotida Sirdaryo viloyat soliq boshqarmasi, tuman va shahar soliq inspeksiyalari mas’ul xodimlari ham ishtirok etishib, soha bo‘yicha o‘zlarining qiziqtirgan savollariga tegishli javoblarini olishdi.

Sirdaryo viloyat ma’muriy sudining sudyasi                                                                       

 M.Xaydarov

Sirdaryo viloyat ma’muriy sudining sudya katta yordamchsi        Y.Kuldashev                                                                

Sirdaryo viloyat ma’muriy sudlari sudyalari va sud xodimlari uchun Guliston davlat universitetining filologiya fanlari doktori I.Ermatov tomonidan “Sud hujjatlarini rasmiylashtirishda o‘zbek tili qoidalariga rioya qilinishi bo‘yicha» seminar mashg‘uloti o‘tkazilidi.

Sirdaryo viloyat ma’muriy sudining 2025 yil 3 yanvardagi RS-01-25-sonli Rayosat qarori bilan tasdiqlangan ish rejaning 1.5-bandida “Sud hujjatlarini rasmiylashtirishda o‘zbek tili qoidalariga, jumladan orfografiya, punktuatsiya, terminologiya va uslubiy talablarga rioya qilinishi bo‘yicha seminar mashg‘ulotlarini o‘tkazish” belgilangan.
Mazkur ish rejaga muvofiq Sirdaryo viloyat ma’muriy sud binosida Sirdaryo viloyat ma’muriy sudlari sudyalari va sud xodimlari uchun Guliston davlat universitetining filologiya fanlari doktori I.Ermatov tomonidan seminar mashg‘uloti o‘tkazilidi.

Sirdaryo viloyat ma’muriy sudining sudyasi A.Norqo‘ziyev Mirzaobod tumanidagi 22-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi binosida 11-sinf o‘quvchilariga “Sud – odil sudlov qo‘rg‘oni” mavzusi yuzasidan seminar dars mashg‘uloti o‘tkazdi.

Sirdaryo viloyat ma’muriy sudining sudyasi A.Norqo‘ziyev Mirzaobod tumanidagi 22-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi binosida 11-sinf o‘quvchilariga “Sud – odil sudlov qo‘rg‘oni” mavzusi yuzasidan seminar dars mashg‘uloti o‘tkazdi hamda o‘tkazilgan dars mashg‘uloti davomida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan savollar bilan murojaat qilishib, o‘zlariga tegishli javoblarni olishdi.

Sirdaryo viloyat ma’muriy sudining sudyasi M.Xaydarov Guliston tumanidagi 28-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi binosida  9-11-sinf  o‘quvchilariga “O‘zbekiston Respublikasining sud hokimiyati” mavzusi yuzasidan seminar dars mashg‘uloti o‘tkazdi.

2025 yilning 22 yanvar kuni Sirdaryo viloyat ma’muriy sudining sudyasi M.Xaydarov Guliston tumanidagi 28-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi binosida  9-11-sinf  o‘quvchilariga “O‘zbekiston Respublikasining sud hokimiyati” mavzusi yuzasidan seminar dars mashg‘uloti o‘tkazdi, hamda o‘tkazilgan dars mashg‘uloti davomida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan savollar bilan murojaat qilishib, o‘zlariga tegishli javoblarni olishdi.

Sirdaryo viloyat ma’muriy sudida “Yil kitobxoni” tanlovi o‘tkazildi.

Sirdaryo viloyat ma’muriy sudi binosida 2024 yil 26 dekabrda viloyat ma’muriy sudi raisi tashabbusi bilan tashkil etilgan kitobxonlik doirasida sud xodimlari orasida “Yil kitobxoni” tanlov tadbiri o‘tkazildi.

Mazkur tadbirga Guliston davlat universiteti o‘qituvchisi filologiya fanlar bo‘yicha falsafa doktori A.To‘ychiev, Guliston davlat universiteti magistranti “Yosh kitobxon” tanlovi Respublika bosqichi g‘olibi, “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti sovrindori Y.Hayitboyev va O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Sh.Jumaevlar taklif etildti.

Tadbir davomida Sirdaryo viloyat ma’muriy sudi xodimlari muhokamaga qo‘yilgan kitoblar yuzasidan o‘z fikr mulohazalarini bildirishdi va komissiya a’zolari tomonidan berilgan savollarga atroflicha javob berdilar.

Tadbir yakuni bo‘yicha “Yil kitobxoni” tanlovida uchinchi o‘rinni viloyat ma’muriy sudi sudya katta yordamchisi M.Saribaeva, ikkinchi o‘rinni viloyat ma’muriy sudi bosh konsultanti Sh.O‘ktamov va faxrli birinchi o‘rinni Guliston tumanlararo ma’muriy sudi sudya yordamchisi Z.Egamberdievalar egalladilar va ularga Sirdaryo viloyat ma’muriy sudi rahbariyatining esdalik sovg‘alari topshirildi.

“Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikaganing ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida

So‘nggi yillarda mamlakatimizda insonning qonuniy huquqlari va manfaatlarini so‘zsiz ta’minlashga, fuqarolarning odil sudlovga bo‘lgan ishonchini oshirishga hamda ularning malakali yuridik yordam olishga bo‘lgan huquqlari kafolatlarini kuchaytirishga qaratilgan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, “Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinib, fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bilan kafolatlangan malakali yuridik yordam olish huquqidan to‘liq foydalanish imkoniyati yaratildi.

Shu bilan birga O‘zbekiston Respublikaganing ayrim qonun hujjatlarini “Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiqlashtirish zarurati yuzaga kelmoqda.

Mazkur Qonun bilan O‘zbekiston Respublikaganing ayrim qonun hujjatlariga davlat hisobidan yuridik yordam olish huquqiga ega bo‘lgan shaxslarga bunday yordam ko‘rsatish uchun jinoyat, fuqarolik ishlari va ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha hamda qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda advokatning ishtirok etishini ta’minlash tartibini belgilashga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Ushbu Qonun fuqarolarning odil sudlovga erishish imkoniyatlarini yanada kengaytirishga hamda davlat hisobidan malakali yuridik yordam olish huquqini ta’minlashga xizmat qiladi.

Guliston tumanlararo ma’muriy sudi sudyasi A.Ganiyev

Guliston tumanlararo ma’muriy sudi sudya yordamchisi J.Zavqiyev

“Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikaganing ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida

So‘nggi yillarda mamlakatimizda insonning qonuniy huquqlari va manfaatlarini so‘zsiz ta’minlashga, fuqarolarning odil sudlovga bo‘lgan ishonchini oshirishga hamda ularning malakali yuridik yordam olishga bo‘lgan huquqlari kafolatlarini kuchaytirishga qaratilgan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, “Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinib, fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bilan kafolatlangan malakali yuridik yordam olish huquqidan to‘liq foydalanish imkoniyati yaratildi.

Shu bilan birga O‘zbekiston Respublikaganing ayrim qonun hujjatlarini “Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiqlashtirish zarurati yuzaga kelmoqda.

Mazkur Qonun bilan O‘zbekiston Respublikaganing ayrim qonun hujjatlariga davlat hisobidan yuridik yordam olish huquqiga ega bo‘lgan shaxslarga bunday yordam ko‘rsatish uchun jinoyat, fuqarolik ishlari va ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha hamda qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda advokatning ishtirok etishini ta’minlash tartibini belgilashga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Ushbu Qonun fuqarolarning odil sudlovga erishish imkoniyatlarini yanada kengaytirishga hamda davlat hisobidan malakali yuridik yordam olish huquqini ta’minlashga xizmat qiladi.

1-modda. O‘zbekiston Respublikaganing 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2013-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikaganing Jinoyat-protsessual kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 2, 5-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majliganing Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 11, 23-moddalar, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 418-modda; 2006-yil, № 6, 261-modda; 2007-yil, № 4, 166-modda, № 6, 248, 249-moddalar, № 9, 422-modda, № 12, 594, 595, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 177, 187-moddalar, № 9, 482, 484, 487-moddalar, № 12, 636, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 4, 136-modda, № 9, 335-modda, № 12, 469, 470-moddalar; 2010-yil, № 6, 231-modda, № 9, 334, 336, 337, 342-moddalar, № 12, 477-modda; 2011-yil, № 4, 103, 104-moddalar, № 9, 252-modda, № 12/2, 363-modda; 2012-yil, № 1, 3-modda, № 9/2, 244-modda, № 12, 336-modda; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 385-modda; 2017-yil, № 3, 47-modda, № 6, 300-modda, № 9, 506, 510-moddalar, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 1, 1, 5-moddalar, № 4, 218, 224-moddalar, № 7, 430, 431-moddalar, № 10, 679-modda; 2019-yil, № 1, 3, 5-moddalar, № 2, 47-modda, № 3, 161-modda, № 5, 259, 267-moddalar, № 7, 386-modda, № 8, 469-modda, № 9, 589, 592-moddalar, № 10, 671-modda, № 11, 787, 791-moddalar, № 12, 880, 881, 891-moddalar; 2020-yil, № 3, 204-modda, № 5, 296-modda, № 12, 689-modda; 2021-yil, № 1, 5, 11, 13, 14-moddalar, № 2, 142, 144-moddalar, 4-songa ilova, № 8, 800, 803-moddalar, № 9, 903-modda, № 10, 973-modda, № 12, 1193-modda; 2022-yil, № 2, 81-modda, № 3, 216-modda, № 4, 337-modda, № 6, 575-modda; 2023-yil, № 3, 184, 185-moddalar, № 4, 265, 269-moddalar, № 5, 319-modda) quyidagi o‘zgartirishlar kiritilgan:

1) 50-moddaning uchinchi va to‘rtinchi qismlari quyidagi mazmundagi uchinchi — o‘n birinchi qismlar bilan almashtirilgan:

“Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi tomonidan tanlangan himoyachining yigirma to‘rt soat ichida ishga kirishish imkoniyati bo‘lmagan hollarda, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, sudlanuvchiga yoxud ularning qarindoshlariga boshqa himoyachini taklif qilishni tavsiya etadi. Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi tanlagan himoyachi istalgan vaqtda ishga kirishishga haqlidir.

Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud “Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan tartibda gumon qilinuvchining, ayblanuvchining yoki sudlanuvchining himoyachisi sifatida davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatadigan advokatning ishtirok etishini ta’minlash choralarini ko‘radi.

Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida qaror qabul qiladi, sud esa ajrim chiqaradi va advokatning ishga kirishish vaqtini belgilaydi.

Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning qarori yoki sudning ajrimi “Yuridik yordam” axborot tizimiga kiritiladi.

Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatadigan advokat “Yuridik yordam” axborot tizimi orqali avtomatik ravishda tanlanadi.

Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatadigan advokatni jalb qilishda advokatning ishda ishtirok etishi tasdiqlangan paytdan e’tiboran unga ishga kirishish uchun kamida to‘rt soat vaqt berilishi kerak.

“Yuridik yordam” axborot tizimi orqali tanlangan hamda tegishli ishda o‘zining ishtirok etishini tasdiqlagan advokat davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning qarorida yoki sudning ajrimida belgilangan muddatda ishga kirishishi shart.

“Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan hollarda advokat davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatadigan advokatlarning navbatchilik jadvaliga asosan ishda ishtirok etish uchun jalb qilinishi mumkin.

Advokat gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining iltimosiga ko‘ra yoki ularning roziligi bilan boshqa shaxslar tomonidan taklif qilingan yoxud ushbu moddaning uchinchi qismida belgilangan muddatda himoyachini taklif qilish huquqidan foydalanish niyati bildirilgan hollarda, davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatadigan advokatni jalb etishga yo‘l qo‘yilmaydi”;

2) 51-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilgan:

“Agar ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan hollarda gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining iltimosiga ko‘ra yoxud ularning roziligi bilan boshqa shaxslar tomonidan himoyachi taklif qilinmagan bo‘lsa, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud ushbu Kodeks 50-moddaganing to‘rtinchi — o‘ninchi qismlarida belgilangan tartibda jinoyat ishi bo‘yicha himoyachining ishtirokini ta’minlashi shart”;

3) 60-modda to’rtinchi qismining ikkinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilgan:

“Gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining yoki jabrlanuvchining manfaatlari bilan qonuniy vakilning manfaatlari o‘zaro mos kelmagan taqdirda, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi yoki jabrlanuvchi tarafida ishda ishtirok etish uchun xuddi o‘sha qaror yoxud ajrim bilan advokatni jalb etish choralari ko‘riladi”;

4) 476-moddaning

chiqarib tashlangan;

tegishincha ikkinchi va uchinchi qismlar deb hisoblangan.

2-modda. O‘zbekiston Respublikaganing 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikaganing Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majliganing Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007-yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010-yil, № 5, 175, 179-moddalar, № 6, 231-modda, № 9, 335, 339, 341-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 4, 104, 105-moddalar, № 9, 247, 252-moddalar, № 12/2, 365-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 341, 343-moddalar; 2015-yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 1, 2-modda, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 4, 137-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 1, 1, 4, 5-moddalar, № 4, 224-modda, № 7, 430, 431, 432-moddalar, № 10, 671, 673, 679-moddalar; 2019-yil, № 1, 1, 3, 5-moddalar, № 2, 47-modda, № 3, 161, 165, 166-moddalar, № 5, 259, 261, 267, 268-moddalar, № 7, 386-modda, № 8, 469, 471-moddalar, № 9, 591, 592-moddalar, № 10, 674, 676-moddalar, № 11, 787, 791-moddalar, № 12, 880, 891-moddalar; 2020-yil, № 1, 4-modda, № 3, 203, 204-moddalar, № 7, 449-modda, № 9, 539, 540-moddalar, № 10, 593, 596-moddalar, № 11, 651-modda, № 12, 691-modda; 2021-yil, № 1, 5, 7, 12, 13, 14-moddalar, № 2, 142-modda, № 3, 217-modda, № 4, 290, 293-moddalar, 4-songa ilova, № 8, 800, 802, 803-moddalar, № 9, 903-modda, № 10, 966, 967, 968, 973-moddalar, № 11, 1066-modda; 2022-yil, № 1, 1, 2-moddalar, № 2, 80, 81-moddalar, № 3, 215, 216-moddalar, № 4, 337-modda, № 5, 464, 465, 466, 467-moddalar, № 8, 667-modda, № 10, 981, 984-moddalar, № 12, 1189-modda; 2023-yil, № 3, 184, 185, 188, 189-moddalar, № 4, 265, 266, 268-moddalar, № 5, 319, 320-moddalar, № 7, 533, 534, 535, 537, 539-moddalar, № 8, 634-modda) 297-moddasiga quyidagi mazmundagi uchinchi va to‘rtinchi qismlar bilan to‘ldirilgan:

“Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqayotgan vakolatli mansabdor shaxs yoki sud ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxsning iltimosiga ko‘ra, “Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatadigan advokatning ishda ishtirok etishini ta’minlash choralarini ko‘rishi shart.

Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatadigan advokatni jalb qilishda advokatning ishda ishtirok etishi tasdiqlangan paytdan e’tiboran unga ishga kirishish uchun kamida to‘rt soat vaqt berilishi kerak”.

3-modda. O‘zbekiston Respublikaganing 1996-yil 27-dekabrda qabul qilingan “Advokatura to‘g‘risida”gi 349-I-sonli (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majliganing Axborotnomasi, 1997-yil, № 2, 48-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda; 2008-yil, № 12, 641-modda; 2009-yil, № 9, 337-modda; 2018-yil, № 10, 673-modda; 2019-yil, № 1, 3-modda, № 5, 267-modda, № 9, 591-modda; 2021-yil, 4-songa ilova; 2022-yil, № 8, 787-modda; 2023-yil, № 8, 631-modda) quyidagi o‘zgartirishlar kiritilgan:

1) 7-moddaning “Jinoyat ishida ishtirok etishga tayinlangan” degan so‘zlar “Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish uchun tanlangan” degan so‘zlar bilan almashtirilgan;

quyidagi tahrirda bayon etilgan:

“Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan tartibda davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatgan advokatga ko‘rsatilgan yuridik yordam uchun haq to‘lash O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda va miqdorlarda amalga oshiriladi”.

4-modda. O‘zbekiston Respublikaganing 1997-yil 25-aprelda qabul qilingan 409-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikaganing Jinoyat-ijroiya kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majliganing Axborotnomasi, 1997-yil, № 6, 175-modda; 2003-yil, № 9‒10, 149-modda; 2004-yil, № 1‒2, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 6, 248-modda, № 9, 422-modda, № 12, 595-modda; 2008-yil, № 4, 187-modda, № 12, 636, 641-moddalar; 2009-yil, № 4, 136-modda, № 12, 470-modda; 2010-yil, № 9, 334-modda; 2012-yil, № 9/1, 238-modda; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 8, 310-modda; 2017-yil, № 3, 47-modda, № 10, 605-modda; 2019-yil, № 3, 165-modda, № 5, 267-modda, № 8, 469-modda, № 9, 588, 592-moddalar, № 12, 880-modda; 2020-yil, № 6, 337-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 11, 1061-modda, № 12, 1193-modda; 2022-yil, № 5, 464-modda; 2023-yil, № 2, 104-modda, № 3, 187-modda, № 4, 269-modda) 10-moddasiga quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartirish kiritilgan:

quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan:

“Jazoni va jinoyat-huquqiy ta’sir ko‘rsatishning boshqa choralarini ijro etuvchi muassasalar hamda organlarning vakolatli mansabdor shaxsi sudning hukmlari, ajrimlari va qarorlarini qayta ko‘rib chiqishda, shuningdek ularni ijro etish bilan bog‘liq masalalarni hal qilishda davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatadigan advokatning “Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ishtirok etishini davlat hisobidan yuridik yordam olish huquqiga ega bo‘lgan mahkumning iltimosiga ko‘ra ta’minlash choralarini ko‘rishi shart. Boshqa hollarda mahkum davlat hisobidan yuridik yordam olish uchun “Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida ko‘rsatilgan maxsus vakolatli davlat organiga murojaat qilishi mumkin”;

ikkinchi — oltinchi qismlar tegishincha uchinchi — yettinchi qismlar deb hisoblangan.

5-modda. O‘zbekiston Respublikaganing 2018-yil 22-yanvarda qabul qilingan O‘RQ-460-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikaganing Fuqarolik protsessual kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, 1-songa 1-ilova, № 10, 672-modda; 2019-yil, № 3, 166-modda, № 5, 261-modda, № 9, 592-modda, № 10, 671-modda, № 11, 791, 792-moddalar, № 12, 880-modda; 2020-yil, № 1, 1, 3-moddalar, № 3, 198, 199-moddalar; 2021-yil, № 1, 8-modda, 4-songa ilova, № 8, 803-modda, № 9, 903-modda; 2022-yil, № 3, 216-modda, № 8, 787-modda; 2023-yil, № 4, 269-modda) 67-moddasi quyidagi mazmundagi to‘rtinchi va beshinchi qismlar bilan to‘ldirilgan:

“Sud da’vogarning yoki javobgarning iltimosiga ko‘ra, “Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatadigan advokatning ishtirok etishini ta’minlash choralarini ko‘rishi shart.

Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatadigan advokat jalb etiladigan paytga qadar sud ishning muhokamagani keyinga qoldiradi. Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatadigan advokatni jalb qilishda advokatning ishda ishtirok etishi tasdiqlangan paytdan e’tiboran unga ishga kirishish uchun kamida to‘rt soat vaqt berilishi kerak”.

6-modda. O‘zbekiston Respublikaganing 2018-yil 25-yanvarda qabul qilingan O‘RQ-462-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikaganing Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, 1-songa 3-ilova, № 10, 672-modda; 2019-yil, № 5, 261-modda, № 9, 592-modda, № 11, 791-modda, № 12, 880-modda; 2020-yil, № 1, 1-modda, № 3, 198-modda; 2021-yil, № 1, 9-modda, 4-songa ilova, № 8, 800, 803-moddalar, № 9, 903-modda; 2022-yil, № 8, 787-modda, № 12, 1188-modda; 2023-yil, № 3, 185-modda, № 4, 269-modda) 60-moddasi quyidagi mazmundagi to‘rtinchi va beshinchi qismlar bilan to‘ldirilgan:

“Sud arizachining iltimosiga ko‘ra, “Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatadigan advokatning ishtirok etishini ta’minlash choralarini ko‘rishi shart.

Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatadigan advokat jalb etiladigan paytga qadar sud ishning muhokamagani keyinga qoldiradi. Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatadigan advokatni jalb qilishda advokatning ishda ishtirok etishi tasdiqlangan paytdan e’tiboran unga ishga kirishish uchun kamida to‘rt soat vaqt berilishi kerak”.

7-modda. O‘zbekiston Respublikaganing 2021-yil 12-mayda qabul qilingan “Psixiatriya yordami to‘g‘risida”gi O‘RQ-690-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2021-yil, № 5, 415-modda) 10-moddaganing to’rtinchi qism quyidagi tahrirda bayon etilgan:

“Shaxslar psixiatriya yordamini olayotganda “Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq davlat hisobidan yuridik yordam olish huquqiga ega”.

8-modda. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrogani, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlagan.

9-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirgan;

respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlagan.

10-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kirgan.

Guliston tumanlararo ma’muriy sudi sudyasi                                         A.Ganiyev

Guliston tumanlararo ma’muriy sudi sudya yordamchisi                       J.Zavqiyev

Skip to content