Sirdaryo viloyat ma’muriy sudlari sudyalari va sud xodimlari uchun Guliston davlat universitetining filologiya fanlari doktori I.Ermatov tomonidan “Sud hujjatlarini rasmiylashtirishda o‘zbek tili qoidalariga rioya qilinishi bo‘yicha» seminar mashg‘uloti o‘tkazilidi.

Sirdaryo viloyat ma’muriy sudining 2025 yil 3 yanvardagi RS-01-25-sonli Rayosat qarori bilan tasdiqlangan ish rejaning 1.5-bandida “Sud hujjatlarini rasmiylashtirishda o‘zbek tili qoidalariga, jumladan orfografiya, punktuatsiya, terminologiya va uslubiy talablarga rioya qilinishi bo‘yicha seminar mashg‘ulotlarini o‘tkazish” belgilangan.
Mazkur ish rejaga muvofiq Sirdaryo viloyat ma’muriy sud binosida Sirdaryo viloyat ma’muriy sudlari sudyalari va sud xodimlari uchun Guliston davlat universitetining filologiya fanlari doktori I.Ermatov tomonidan seminar mashg‘uloti o‘tkazilidi.

Sirdaryo viloyat ma’muriy sudining sudyasi A.Norqo‘ziyev Mirzaobod tumanidagi 22-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi binosida 11-sinf o‘quvchilariga “Sud – odil sudlov qo‘rg‘oni” mavzusi yuzasidan seminar dars mashg‘uloti o‘tkazdi.

Sirdaryo viloyat ma’muriy sudining sudyasi A.Norqo‘ziyev Mirzaobod tumanidagi 22-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi binosida 11-sinf o‘quvchilariga “Sud – odil sudlov qo‘rg‘oni” mavzusi yuzasidan seminar dars mashg‘uloti o‘tkazdi hamda o‘tkazilgan dars mashg‘uloti davomida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan savollar bilan murojaat qilishib, o‘zlariga tegishli javoblarni olishdi.

Sirdaryo viloyat ma’muriy sudining sudyasi M.Xaydarov Guliston tumanidagi 28-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi binosida  9-11-sinf  o‘quvchilariga “O‘zbekiston Respublikasining sud hokimiyati” mavzusi yuzasidan seminar dars mashg‘uloti o‘tkazdi.

2025 yilning 22 yanvar kuni Sirdaryo viloyat ma’muriy sudining sudyasi M.Xaydarov Guliston tumanidagi 28-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi binosida  9-11-sinf  o‘quvchilariga “O‘zbekiston Respublikasining sud hokimiyati” mavzusi yuzasidan seminar dars mashg‘uloti o‘tkazdi, hamda o‘tkazilgan dars mashg‘uloti davomida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan savollar bilan murojaat qilishib, o‘zlariga tegishli javoblarni olishdi.

Skip to content