Sirdaryo viloyat ma’muriy sudi binosida 2024 yil 26 dekabrda viloyat ma’muriy sudi raisi tashabbusi bilan tashkil etilgan kitobxonlik doirasida sud xodimlari orasida “Yil kitobxoni” tanlov tadbiri o‘tkazildi.
Mazkur tadbirga Guliston davlat universiteti o‘qituvchisi filologiya fanlar bo‘yicha falsafa doktori A.To‘ychiev, Guliston davlat universiteti magistranti “Yosh kitobxon” tanlovi Respublika bosqichi g‘olibi, “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti sovrindori Y.Hayitboyev va O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Sh.Jumaevlar taklif etildti.
Tadbir davomida Sirdaryo viloyat ma’muriy sudi xodimlari muhokamaga qo‘yilgan kitoblar yuzasidan o‘z fikr mulohazalarini bildirishdi va komissiya a’zolari tomonidan berilgan savollarga atroflicha javob berdilar.
Tadbir yakuni bo‘yicha “Yil kitobxoni” tanlovida uchinchi o‘rinni viloyat ma’muriy sudi sudya katta yordamchisi M.Saribaeva, ikkinchi o‘rinni viloyat ma’muriy sudi bosh konsultanti Sh.O‘ktamov va faxrli birinchi o‘rinni Guliston tumanlararo ma’muriy sudi sudya yordamchisi Z.Egamberdievalar egalladilar va ularga Sirdaryo viloyat ma’muriy sudi rahbariyatining esdalik sovg‘alari topshirildi.
So‘nggi yillarda mamlakatimizda insonning qonuniy huquqlari va manfaatlarini so‘zsiz ta’minlashga, fuqarolarning odil sudlovga bo‘lgan ishonchini oshirishga hamda ularning malakali yuridik yordam olishga bo‘lgan huquqlari kafolatlarini kuchaytirishga qaratilgan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, “Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinib, fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bilan kafolatlangan malakali yuridik yordam olish huquqidan to‘liq foydalanish imkoniyati yaratildi.
Shu bilan birga O‘zbekiston Respublikaganing ayrim qonun hujjatlarini “Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiqlashtirish zarurati yuzaga kelmoqda.
Mazkur Qonun bilan O‘zbekiston Respublikaganing ayrim qonun hujjatlariga davlat hisobidan yuridik yordam olish huquqiga ega bo‘lgan shaxslarga bunday yordam ko‘rsatish uchun jinoyat, fuqarolik ishlari va ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha hamda qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda advokatning ishtirok etishini ta’minlash tartibini belgilashga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.
Ushbu Qonun fuqarolarning odil sudlovga erishish imkoniyatlarini yanada kengaytirishga hamda davlat hisobidan malakali yuridik yordam olish huquqini ta’minlashga xizmat qiladi.
So‘nggi yillarda mamlakatimizda insonning qonuniy huquqlari va manfaatlarini so‘zsiz ta’minlashga, fuqarolarning odil sudlovga bo‘lgan ishonchini oshirishga hamda ularning malakali yuridik yordam olishga bo‘lgan huquqlari kafolatlarini kuchaytirishga qaratilgan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, “Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinib, fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bilan kafolatlangan malakali yuridik yordam olish huquqidan to‘liq foydalanish imkoniyati yaratildi.
Shu bilan birga O‘zbekiston Respublikaganing ayrim qonun hujjatlarini “Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiqlashtirish zarurati yuzaga kelmoqda.
Mazkur Qonun bilan O‘zbekiston Respublikaganing ayrim qonun hujjatlariga davlat hisobidan yuridik yordam olish huquqiga ega bo‘lgan shaxslarga bunday yordam ko‘rsatish uchun jinoyat, fuqarolik ishlari va ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha hamda qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda advokatning ishtirok etishini ta’minlash tartibini belgilashga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.
Ushbu Qonun fuqarolarning odil sudlovga erishish imkoniyatlarini yanada kengaytirishga hamda davlat hisobidan malakali yuridik yordam olish huquqini ta’minlashga xizmat qiladi.
1) 50-moddaning uchinchi va to‘rtinchi qismlari quyidagi mazmundagi uchinchi — o‘n birinchi qismlar bilan almashtirilgan:
“Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi tomonidan tanlangan himoyachining yigirma to‘rt soat ichida ishga kirishish imkoniyati bo‘lmagan hollarda, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, sudlanuvchiga yoxud ularning qarindoshlariga boshqa himoyachini taklif qilishni tavsiya etadi. Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi tanlagan himoyachi istalgan vaqtda ishga kirishishga haqlidir.
Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud “Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan tartibda gumon qilinuvchining, ayblanuvchining yoki sudlanuvchining himoyachisi sifatida davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatadigan advokatning ishtirok etishini ta’minlash choralarini ko‘radi.
Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida qaror qabul qiladi, sud esa ajrim chiqaradi va advokatning ishga kirishish vaqtini belgilaydi.
Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning qarori yoki sudning ajrimi “Yuridik yordam” axborot tizimiga kiritiladi.
Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatadigan advokat “Yuridik yordam” axborot tizimi orqali avtomatik ravishda tanlanadi.
Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatadigan advokatni jalb qilishda advokatning ishda ishtirok etishi tasdiqlangan paytdan e’tiboran unga ishga kirishish uchun kamida to‘rt soat vaqt berilishi kerak.
“Yuridik yordam” axborot tizimi orqali tanlangan hamda tegishli ishda o‘zining ishtirok etishini tasdiqlagan advokat davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning qarorida yoki sudning ajrimida belgilangan muddatda ishga kirishishi shart.
“Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan hollarda advokat davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatadigan advokatlarning navbatchilik jadvaliga asosan ishda ishtirok etish uchun jalb qilinishi mumkin.
Advokat gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining iltimosiga ko‘ra yoki ularning roziligi bilan boshqa shaxslar tomonidan taklif qilingan yoxud ushbu moddaning uchinchi qismida belgilangan muddatda himoyachini taklif qilish huquqidan foydalanish niyati bildirilgan hollarda, davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatadigan advokatni jalb etishga yo‘l qo‘yilmaydi”;
2) 51-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilgan:
“Agar ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan hollarda gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining iltimosiga ko‘ra yoxud ularning roziligi bilan boshqa shaxslar tomonidan himoyachi taklif qilinmagan bo‘lsa, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud ushbu Kodeks 50-moddaganing to‘rtinchi — o‘ninchi qismlarida belgilangan tartibda jinoyat ishi bo‘yicha himoyachining ishtirokini ta’minlashi shart”;
3) 60-modda to’rtinchi qismining ikkinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilgan:
“Gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining yoki jabrlanuvchining manfaatlari bilan qonuniy vakilning manfaatlari o‘zaro mos kelmagan taqdirda, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi yoki jabrlanuvchi tarafida ishda ishtirok etish uchun xuddi o‘sha qaror yoxud ajrim bilan advokatni jalb etish choralari ko‘riladi”;
4) 476-moddaning
chiqarib tashlangan;
tegishincha ikkinchi va uchinchi qismlar deb hisoblangan.
“Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqayotgan vakolatli mansabdor shaxs yoki sud ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxsning iltimosiga ko‘ra, “Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatadigan advokatning ishda ishtirok etishini ta’minlash choralarini ko‘rishi shart.
Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatadigan advokatni jalb qilishda advokatning ishda ishtirok etishi tasdiqlangan paytdan e’tiboran unga ishga kirishish uchun kamida to‘rt soat vaqt berilishi kerak”.
3-modda. O‘zbekiston Respublikaganing 1996-yil 27-dekabrda qabul qilingan “Advokatura to‘g‘risida”gi 349-I-sonli(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majliganing Axborotnomasi, 1997-yil, № 2, 48-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda; 2008-yil, № 12, 641-modda; 2009-yil, № 9, 337-modda; 2018-yil, № 10, 673-modda; 2019-yil, № 1, 3-modda, № 5, 267-modda, № 9, 591-modda; 2021-yil, 4-songa ilova; 2022-yil, № 8, 787-modda; 2023-yil, № 8, 631-modda) quyidagi o‘zgartirishlar kiritilgan:
1) 7-moddaning “Jinoyat ishida ishtirok etishga tayinlangan” degan so‘zlar “Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish uchun tanlangan” degan so‘zlar bilan almashtirilgan;
quyidagi tahrirda bayon etilgan:
“Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan tartibda davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatgan advokatga ko‘rsatilgan yuridik yordam uchun haq to‘lash O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda va miqdorlarda amalga oshiriladi”.
4-modda. O‘zbekiston Respublikaganing 1997-yil 25-aprelda qabul qilingan 409-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikaganing Jinoyat-ijroiya kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majliganing Axborotnomasi, 1997-yil, № 6, 175-modda; 2003-yil, № 9‒10, 149-modda; 2004-yil, № 1‒2, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 6, 248-modda, № 9, 422-modda, № 12, 595-modda; 2008-yil, № 4, 187-modda, № 12, 636, 641-moddalar; 2009-yil, № 4, 136-modda, № 12, 470-modda; 2010-yil, № 9, 334-modda; 2012-yil, № 9/1, 238-modda; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 8, 310-modda; 2017-yil, № 3, 47-modda, № 10, 605-modda; 2019-yil, № 3, 165-modda, № 5, 267-modda, № 8, 469-modda, № 9, 588, 592-moddalar, № 12, 880-modda; 2020-yil, № 6, 337-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 11, 1061-modda, № 12, 1193-modda; 2022-yil, № 5, 464-modda; 2023-yil, № 2, 104-modda, № 3, 187-modda, № 4, 269-modda) 10-moddasiga quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartirish kiritilgan:
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan:
“Jazoni va jinoyat-huquqiy ta’sir ko‘rsatishning boshqa choralarini ijro etuvchi muassasalar hamda organlarning vakolatli mansabdor shaxsi sudning hukmlari, ajrimlari va qarorlarini qayta ko‘rib chiqishda, shuningdek ularni ijro etish bilan bog‘liq masalalarni hal qilishda davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatadigan advokatning “Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ishtirok etishini davlat hisobidan yuridik yordam olish huquqiga ega bo‘lgan mahkumning iltimosiga ko‘ra ta’minlash choralarini ko‘rishi shart. Boshqa hollarda mahkum davlat hisobidan yuridik yordam olish uchun “Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida ko‘rsatilgan maxsus vakolatli davlat organiga murojaat qilishi mumkin”;
5-modda. O‘zbekiston Respublikaganing 2018-yil 22-yanvarda qabul qilingan O‘RQ-460-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikaganing Fuqarolik protsessual kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, 1-songa 1-ilova, № 10, 672-modda; 2019-yil, № 3, 166-modda, № 5, 261-modda, № 9, 592-modda, № 10, 671-modda, № 11, 791, 792-moddalar, № 12, 880-modda; 2020-yil, № 1, 1, 3-moddalar, № 3, 198, 199-moddalar; 2021-yil, № 1, 8-modda, 4-songa ilova, № 8, 803-modda, № 9, 903-modda; 2022-yil, № 3, 216-modda, № 8, 787-modda; 2023-yil, № 4, 269-modda) 67-moddasi quyidagi mazmundagi to‘rtinchi va beshinchi qismlar bilan to‘ldirilgan:
“Sud da’vogarning yoki javobgarning iltimosiga ko‘ra, “Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatadigan advokatning ishtirok etishini ta’minlash choralarini ko‘rishi shart.
Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatadigan advokat jalb etiladigan paytga qadar sud ishning muhokamagani keyinga qoldiradi. Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatadigan advokatni jalb qilishda advokatning ishda ishtirok etishi tasdiqlangan paytdan e’tiboran unga ishga kirishish uchun kamida to‘rt soat vaqt berilishi kerak”.
6-modda. O‘zbekiston Respublikaganing 2018-yil 25-yanvarda qabul qilingan O‘RQ-462-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikaganing Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, 1-songa 3-ilova, № 10, 672-modda; 2019-yil, № 5, 261-modda, № 9, 592-modda, № 11, 791-modda, № 12, 880-modda; 2020-yil, № 1, 1-modda, № 3, 198-modda; 2021-yil, № 1, 9-modda, 4-songa ilova, № 8, 800, 803-moddalar, № 9, 903-modda; 2022-yil, № 8, 787-modda, № 12, 1188-modda; 2023-yil, № 3, 185-modda, № 4, 269-modda) 60-moddasi quyidagi mazmundagi to‘rtinchi va beshinchi qismlar bilan to‘ldirilgan:
“Sud arizachining iltimosiga ko‘ra, “Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatadigan advokatning ishtirok etishini ta’minlash choralarini ko‘rishi shart.
Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatadigan advokat jalb etiladigan paytga qadar sud ishning muhokamagani keyinga qoldiradi. Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatadigan advokatni jalb qilishda advokatning ishda ishtirok etishi tasdiqlangan paytdan e’tiboran unga ishga kirishish uchun kamida to‘rt soat vaqt berilishi kerak”.
7-modda. O‘zbekiston Respublikaganing 2021-yil 12-mayda qabul qilingan “Psixiatriya yordami to‘g‘risida”gi O‘RQ-690-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2021-yil, № 5, 415-modda) 10-moddaganing to’rtinchi qism quyidagi tahrirda bayon etilgan:
“Shaxslar psixiatriya yordamini olayotganda “Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq davlat hisobidan yuridik yordam olish huquqiga ega”.
8-modda. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrogani, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlagan.
9-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirgan;
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlagan.
10-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kirgan.
Сирдарё вилоят маъмурий судларида Сирдарё вилоят ва Гулистон туманлараро маъмурий судларида судьялар ва суд ходимлари иштирокида давлат ҳокимияти вакиллик органларининг қарорлари қабул қилишда, ҳаракатлари (ҳаракатсизлиги)да қонунийлик таъминлашнинг (айрим) муаммоларини ўрганиш юзасидан ўтказиладиган семинар машғулоти режаси тасдиқланган.
Тасдиқланган режага асосан жорий йилнинг 13 декабрь куни Сирдарё вилоят маъмурий судларида Бюджетдан ташқари пенция жамғармаси Сирдарё вилоят бошқармаси ва туман (шаҳар) бўлимлари томонидан қарорлар қабул қилинишида ва ҳаракатлари (ҳаракатсизлиги)да қонунийликни таъминлашнинг айрим муаммоларини бартараф этиш юзасидан семинар машғулоти ўтказилди.
Мазкур семинар машғулотида Сирдарё вилоят ва Гулистон туманлараро маъмурий судлари раислари, судьялари ва суд ходимлари, шунингдек, Сирдарё вилоят прокуратурасининг бўлим прокурори О.Убатов, Бюджетдан ташқари пенция жамғармаси Сирдарё вилоят бошқармаси ўринбосари ва туман (шаҳар) бўлимлари бошлиқлари ҳамда Сирдарё вилоят адлия бошқармаси ходимлар иштирок этишди.
Семинар машғулотида Бюджетдан ташқари пенция жамғармаси Сирдарё вилоят бошқармаси ва туман (шаҳар) бўлимлари фаолияти билан боғлиқ умумий маълумотлар, вилоят маъмурий судларида 2023 ва 2024 йиллар давомида Бюджетдан ташқари пенция жамғармаси Сирдарё вилоят бошқармаси ва туман (шаҳар) бўлимлари билан боғлиқ кўрилган ишларнинг таҳлили ҳамда мазкур ишларини кўрилишида юзага келаётган муаммолар ва уларнинг ечимлари юзасидан маълумотлар эшитилди ҳамда фикр ва мулоҳазалар билдирилди.
Халқнинг, миллатнинг мавжудлиги, аввало, унинг ўз тилига эгалиги билан белгиланади. Жорий йилнинг 2 декабрь куни Ўзбекистон Республикаси Конституцияси қабул қилинган куннинг 32 йиллиги олдидан Сирдарё вилоят маъмурий суди ҳамда Гулистон туманлараро маъмурий суди ходимлари ўртасида оммавий диктант ёзиш ва Бош қомусимизга оид саволларга жавоб бериш бўйича мусобақа уюштирилди.
Мазкур мусобақа Ўзбекистон Республикаси Президентимизнинг жорий йил 17 октябрдаги “Ўзбекистон Республикаси Конституцияси куни байрамига тайёргарлик кўриш ва уни ўтказиш тўғрисида”ги фармони ижроси доирасида “Менинг Конституциям 32 ёшда!” шиори остида Сирдарё вилоят маъмурий суди биносида ташкил этилган ушбу тадбирда суд аппарати ходимлари фаол иштирок этди.
Диктант матнида асосий қомусимиз мазмун-моҳияти, унинг давлат ва жамият хаётида тутган ахамияти ифодаланган бўлиб тажрибали судьялар томонидан ўқиб берилди.
Ғолиблар 6-декабрь куни эълон қилиниб, вилоят суди маъмурияти томонидан фахрий ёрлиқ ва эсталик совғалар билан тақдирландилар.
Сирдарё вилоят ва маъмурий судларининг судьялари ва суд ходимлари иштирокида, Ўзбекистон Республикаси Конституцияси қабул қилинганлигининг 32 йиллиги муносабати билан байрам тадбири ўтказилди.
Тадбирда, вилоят маъмурий суди раиси Т.Қодирқулов, вилоят маъмурий суди судьялари ва суд ходимлари ҳамда Гулистон туманлараро маъмурий суди раиси, судьялари ва суд ходимлари иштирок этишди.
Вилоят маъмурий судининг раиси Т.Қодирқулов барчани Ўзбекистон Республикаси Конституцияси қабул қилинганлигининг 32 йиллиги билан қутлаб, одил судловни амалга оширишдаги самарали меҳнати, хизмат бурчини намунали баражарётганлиги учун вилоят ва туманлараро маъмурий судларининг бир қатор судья ва суд ходимларини фаҳрий ёрлиқлар билан тақдирлади.
Шунингдек, тадбир давомида Гулистон туманлараро маъмурий суди раиси А.Бўриев, Ўзбекистон Республикаси Конституцияси қабул қилинганлигининг 32 йиллиги муносабати билан барча судья ва суд ходимларини табриклаб, одил судловни амалга оширишда доимо Конституция ва унинг асосида қабул қилинган қонунларга таянган ҳолда ишларни амалга ошириш лозимлиги ҳақида айтиб ўтди.
Бундан ташқари, Ўзбекистон Республикаси Конституциясининг 32 йиллиги муносабати билан Сирдарё вилоят ва Гулистон туманлараро маъмурий судлари ходимлари ўртасида “Менинг Конституциям 32 ёшда” шиори остида “Диктант” танлови ўтказилди.
Ушбу танлов ғолиблари фахрий ёрлиқлар ва эсдалик совғалари билан тақдирланишди.
O‘zbekiston Respublikasining yangi Konstitutsiyasi 6-bo‘lim, 27-bob va 155-moddadan iborat bo‘lib, bosh qomusimizning 2-bo‘limi Inson va fuqarolarning huquq, erkinliklar va va burchlariga bag‘ishlangan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasida inson va fuqarolarlarning huquq va erkinliklarini taʼminlashga katta eʼtibor qaratilganligidan dalolat beradi.
Konstitutsiyaning 19-moddasida, inson huquq va erkinliklari har kimga tug‘ilganidan boshlab tegishli bo‘lishi, 23-moddasida esa, davlat o‘z hududida ham, uning tashqarisida ham o‘z fuqarolarini himoya qilish va ularga homiylik ko‘rsatishni kafolatlashi belgilab qo‘yilgan. Konstitutsiyamizning eng muhim normalaridan biri 54-moddasida beliglab qo‘yilgan, unga ko‘ra, insonning huquq va erkinliklarini taʼminlash davlatning oliy maqsadidir, davlat inson hamda fuqaroning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlangan huquqlari va erkinliklarini taʼminlaydi.
Shuni alohida aytish kerakki, yangi Konstitutsiya qabul qilinishi, xalqimiz hayotida insonning ozod va erkin yashash, mulkka ega bo‘lish, taʼlim olish, mehnat qilish, saylash va saylanish kabi huquqlari, so‘z hamda eʼtiqod erkinliklarini oliy qadriyat darajasiga ko‘tardi. Shuningdek, bosh qomusimizning muqaddimasida inson huquqlariga va davlat suvereniteti g‘oyalariga sodiqlik eʼlon qilinib, hozirgi va kelajak avlodlar oldidagi yuksak maʼsuliyatni anglagan holda, o‘zbek davlatchiligi rivojining tarixiy tajribasiga tayanilib, demokratiya va ijtimoiy adolatga sadoqat namoyon etilib, xalqaro huquq umumeʼtirof etilgan qoidalari ustunligi tan olingan holda respublika fuqarolarining munosib hayot kechirishini taʼminlashga intilib, insonparvar demokratik huquqiy davlat barpo etish ko‘zlanib, fuqarolar tinchligi va milliy totuvligini taʼminlash maqsadida yangi Kostitutsiyamiz qabul qilindi
Konstitutsiya va uning asosida qabul qilingan qonunlar xalq farovonligi, tinchligi va osoyishtaligi, diniy bag‘rikengligi, millatlar va ellatlararo totuvlikni hamda inson qadrining bosh kafili bo‘lishi lozim. Buning uchun har bir fuqaro Kostitutsiyani bilish, unda o‘zining mustahkamlab qo‘yilgan huquqlaridan insofli ravishda fodalanishi hamda davlat oldidagi burchlarini vijdonan bajarmog‘i lozim.
Xulosa qilib aytganda, yangi Konstitutsiyamiz qabul qilinishi, yurtimizdagi har bir fuqaroning huquq va erkinliklarini qonun yo‘li bilan himoya qilishni yana-da mustahkamlab qolmay, ularning davlatga bo‘lgan ishochini yana-da oshirishga xizmat qiladi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Барчамизга маълумки, 2023 йил 30 апрель куни бўлиб ўтган референдумда янги таҳрирдаги Ўзбекистон Республикаси Конституцияси қабул қилинди.
Халқимизнинг орзу-умидлари ва интилишлари ҳамда Янги Ўзбекистонни барпо этиш бўйича ўз олдига қўйган мақсадлари янги таҳрирдаги Конституцияда ўз аксини топди.
Конституцияда давлат қурилишининг янги стратегик мақсади ижтимоий давлат қуриш эканлиги белгилаб берилди, ижтимоий адолат ва бирдамлик принциплари жорий этилди, инсон ҳуқуқ ва эркинликларини ҳимоя қилишнинг мутлақо янги механизмларини конституциявий асослар мустаҳкамлади.
Конституциянинг иккинчи бўлими Инсон ва фуқаронинг асосий ҳуқуқлари, эркинликлари ва бурчларига бағишланган. Бунда, инсон ҳуқуқ ва эркинликларини таъминлаш давлатнинг олий мақсади этиб белгиланганлиги ва шу муносабат билан инсон ҳуқуқларини кафолатлаш механизми, мутлақо янги масала ва йўналишлар акс этган оид нормалар уч бараварга ошганлигини кўриш мумкин. Хусусан, 54-моддада илк бор “Инсоннинг ҳуқуқ ва эркинликларини таъминлаш давлатнинг олий мақсадидир. Давлат инсон ҳамда фуқаронинг Конституция ва қонунларда мустаҳкамланган ҳуқуқлари ва эркинликларини таъминлайди” ва 56-моддада “Давлат инсон ҳуқуқлари бўйича миллий институтлар фаолиятини ташкил этиш учун шароитлар яратади” деб белгиланди. Шунингдек, инсон ҳуқуқ ва эркинликларини таъминлашда ҳуқуқий нормаларнинг тўғридан-тўғри амал қилиши мумкинлиги бизнинг ҳуқуқий амалиётимизда мутлақ янги воқеликдир.
Қонунчиликда ҳар бир шахсга ўз ҳуқуқ ва эркинликларини суд орқали ҳимоя қилиш, давлат органлари ва бошқа ташкилотлар, улар мансабдор шахсларининг қонунга хилоф қарорлари, ҳаракатлари ва ҳаракатсизлиги устидан судга шикоят қилиш ҳуқуқи кафолатлаб қўйилган.
Конституциянинг тўғридан-тўғри амал қилиши фуқароларга Конституция нормаларига асосланган ҳолда судларга мурожаат қилишга имкон беради. Давлат органлари, уларнинг мансабдор шахслари, шу жумладан судлар томонидан Конституция нормаларини ҳуқуқни қўллаш амалиётида бевосита тадбиқ этиб, Конституцияда белгиланган нормаларни кўрсатган ҳолда қарор қабул қилишни англатади.
Судлар томонидан Конституция нормаларни тўғридан-тўғри ва бир хилда қўлланилиши орқали инсон ҳуқуқларига оид кафолатларни тўлақонли таъминлаш мақсадида 2023 йил 23 июнда Ўзбекистон Республикаси Олий суди Пленумининг “Одил судловни амалга оширишда Ўзбекистон Республикаси Конституцияси нормаларини тўғридан-тўғри қўллашнинг айрим масалалари тўғрисида”ги 16-сон қарори қабул қилинган.
Мазкур Пленум қарорида Ўзбекистон Республикаси Конституцияси 15-моддасининг иккинчи қисмига кўра, Конституция мамлакатнинг бутун ҳудудида олий юридик кучга эга, тўғридан-тўғри амал қилади ва ягона ҳуқуқий маконнинг асосини ташкил этиши, Конституциянинг олий юридик кучга эгалиги ҳақидаги қоида унинг нормалари барча қонунлар ва бошқа норматив-ҳуқуқий ҳужжатлардан устун туришини англатиши, шунга кўра, судлар кўриб чиқилаётган ҳуқуқий муносабатларни тартибга солувчи қонун ва бошқа норматив-ҳуқуқий ҳужжатнинг мазмунини баҳолаши ва Конституция нормаларини тўғридан-тўғри амал қилувчи олий юридик кучга эга норматив-ҳуқуқий асос сифатида қўллаши лозимлиги кўрсатилган.
Судлар Конституция нормасини тегишли қонунлар ва бошқа норматив-ҳуқуқий ҳужжатлар қабул қилинмаганлиги важи билан қўллашни рад этишга йўл қуйилмаслигига эътибор қаратишлари кераклиги ҳақида тушунтиришлар берилган.
Шахсга давлатнинг ҳуқуқий ҳимояга доир барча ички воситаларидан фойдаланиб бўлганидан сўнг, халқаро органларга мурожаат этиш ҳуқуқининг берилаётганлиги Ўзбекистон Республикасининг инсон ҳуқуқлари соҳасида зиммасига олган халқаро мажбуриятларини самарали бажаришга ҳамда мамлакатимизда инсон ҳуқуқлари ва эркинликларига ҳурмат муносабати шаклланишига хизмат қилади. Қолаверса, инсон ҳуқуқ ва эркинликларини ҳурмат қилиш, уларга риоя этиш ва уларни ҳимоя қилиш борасида қўшимча конституциявий-ҳуқуқий кафолатлари яратди.
Хусусан, Конституциянинг 29-моддаси тўртинчи қисмига асосан Қонунни бузган ҳолда олинган далиллардан одил судловни амалга ошириш чоғида фойдаланишга йўл қўйилмайди.
Мазкур норма судллар томонидан барча тоифадаги ишларда далилларга ҳуқуқий баҳо беришда қўлланилади.
Ушбу норманинг олтинчи қисмига кўра, ҳуқуқбузарликлардан жабрланганларнинг ҳуқуқлари қонун билан муҳофаза қилинади. Давлат жабрланганларга ҳимояланишни ва одил судловдан фойдаланишни таъминлайди, уларга етказилган зарарнинг ўрни қопланиши учун шарт-шароитлар яратади.
Конституциянинг 55-моддаси бешинчи қисмига кўра, ҳар ким давлат органларининг ёхуд улар мансабдор шахсларининг қонунга хилоф қарорлари, ҳаракатлари ёки ҳаракатсизлиги туфайли етказилган зарарнинг ўрни давлат томонидан қопланиши ҳуқуқига эга.
Фаррух Ахматкулов
Сирдарё вилоят маъмурий судининг судья катта ёрдамчиси
Sirdaryo viloyat va Guliston tumanlararo ma’muriy sudlarida sudyalar va sud xodimlari hamda tadbir mehmonlari Sirdaryo viloyat prokuraturasi bo‘lim prokurori A.Ubatov, Guliston Davlat pedagogika instituti Tarix va san’atshunoslik kafedrasi dotsenti O.Kanimkulov, Guliston Davlat Universiteti Tarix kafedra o‘qituvchisi Sh.Ma’rufov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist R.Xasanovlar ishtirokida “18 noyabr — O‘zbekiston Respublikasida davlat bayrog‘i qabul qilingan kun”iga bag‘ishlangan bayram tadbiri o‘tkazildi.
Mazkur bayram tadbirida Sirdaryo viloyat ma’muriy sudi raisi T.Qodirqulov, Sirdaryo viloyat prokuraturasi bo‘lim prokurori A.Ubatov, Guliston Davlat pedagogika instituti Tarix va san’atshunoslik kafedrasi dotsenti O.Kanimkulov, Guliston Davlat Universiteti Tarix kafedra o‘qituvchisi Sh.Ma’rufov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist R.Xasanovlar so‘zga chiqishib, O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i yuzasidan ma’ruza qilib, barcha tadbir ishtirokchilarini “18 noyabr — O‘zbekiston Respublikasida davlat bayrog‘i qabul qilingan kun”i munosabati bilan tabrikladi hamda o‘zlarining iliq bayramona fikrlarini bildirdilar.
Shuningdek, bayram tadbiri davomida viloyat ma’muriy sudi xodimlari “18 noyabr — O‘zbekiston Respublikasida davlat bayrog‘i qabul qilingan kun”i munosabati bilan o‘zlari tayyorlagan taqdimotlarini, badiiy, musiqiy dasturlarini tadbir ishtirokchilariga taqdim etishdi va kelgusida shu kabi bayram tadbirlarini hamkor tashkilotlar bilan birgalikda o‘tkazib borilishi yuzasidan kelishib olindi.
Аҳолининг жойлардаги долзарб муаммоларини ҳал этиш учун чинакам “халқ овози” бўлмиш маҳаллий Кенгашларга кенг ваколатлар берилди, маҳаллий Кенгашларга ҳоким эмас, балки депутатлар орасидан сайланадиган раис бошчилик қилиши белгилаб қўйилди.
Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Маҳаллий давлат ҳокимияти органлари фаолиятининг самарадорлигини ошириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги 2024 йил 02 февраль куни ПФ-28-сонли фармони қабул қилиниб, маҳаллий даражада давлат ҳокимиятини трансформация қилишга, том маънода халқчил тизимни жорий этишга қаратилган фазифалар белгилаб олинди.
Ушбу фармон билан Ўзбекистон маҳаллий бошқаруви тарихида биринчи маротаба маҳаллий давлат ҳокимияти органлари фаолиятини янги модель – “Кучли Кенгаш, ҳисобдор ва ташаббускор ҳоким” тамойили асосида ислоҳ қилишга қаратилган қатор қоидалар белгилаб берилди.
Унга кўра, жамият ва давлат ҳаётининг муҳим масалаларини ҳал этишда ушбу ҳудудда истиқомат қилаётган аҳолининг фикрини инобатга олиш, маҳаллий давлат ҳокимияти вакиллик органларининг ролини ошириш мақсадида таълим, атроф-муҳитни муҳофаза қилиш, шаҳарсозлик, транспорт ва ҳудуднинг инфратузилмасини ривожлантиришга қаратилган 33 та ваколат Кенгашларга ўтказилмоқда.
Ҳудуддаги эҳтиёжни ҳар томонлама ўрганган ҳолда, қайси ҳудудда, давлат боғча ва мактабларини ташкил этиш керак, қайси бирини кенгайтириш, қайсисини тугатиш кераклиги, Атмосфера ҳавосини ифлослантирувчи ёки унга бевосита таъсир кўрсатувчи корхона ва иншоотлар қуриладиган жойлар, чиқиндилар кўмиб ташланадиган жойлар, Маҳаллий аҳамиятга молик бўлган курорт табиий ҳудудлар, рекреация зоналари, ботаника ва дендрология боғлари, табиат боғлари ҳам фақатгина Кенгашлар розилиги билан ташкил этилади ёки тугатилади.
Шунингдек, шаҳар йўловчилар транспортида йўловчи ва багаж ташиш тарифлари ва фуқароларнинг алоҳида тоифалари учун имтиёзли тарифлар Кенгаш қарори билан жорий этилади.
Шаҳар йўловчи транспортида йўналишларни ташкил этиш, янги йўналишлар очиш, бекатлар, тўхтаб туриш ва диспетчерлик манзилларини жойлаштириш ерлари Кенгаш билан келишилиши лозимлиги белгиланмоқда.
Транспорт ва муҳандислик-техника инфратузилмаси объектларига, табиий объектларга ном бериш ҳамда уларнинг номларини ўзгартириш бўйича таклифлар бевосита маҳаллий Кенгашлар томонидан киритилиши, айрим тоифадаги шаҳарсозлик фаолияти объектларини маҳаллий аҳамиятга молик объектлар сирасига киритиш маҳаллий Кенгашлар қарори билан амалга оширилади.
Бундан ташқари, аҳоли пунктларининг ҳудудий зоналари тоифаларига маҳаллий шароитлардан келиб чиқиб ўзгартириш киритиш, ичимлик сув таъминоти ва оқова сувларни чиқариб юбориш бўйича хизматлар учун тарифларни тасдиқлаш кабилар ҳам Кенгашлар томонидан амалга оширилиши узил-кесил ҳал этилмоқда.
Таъкидлаш жоиз, бу каби ваколатларнинг эгаси этиб маҳаллий Кенгашларнинг белгиланиши жамият ҳаёти учун муҳим бўлган масалаларни аҳоли фикрини инобатга олган ҳолда халқ вакиллари томонидан ҳал қилиш имконини беради.
Фармонда белгиланган вазифаларнинг амалга оширилиши Кенгашларни жойлардаги аҳоли манфаатларини ҳимоя қилиш, ҳал этилиши лозим бўлган масалаларга имкон қадар тезроқ ечим топиш, вилоят, туман ва шаҳар ҳокимининг маҳаллий Кенгашлар олдидаги ҳисобдорлиги, масъулияти ва жавобгарлигини оширишга, маҳаллий давлат ҳокимияти даражасида бир-бирини тийиб турувчи механизмлар самарали ишлашига хизмат қилади.
Сирдарё вилоят маъмурий
судининг судьяси А.Норқўзиев
Сирдарё вилоят маъмурий
судининг судья катта ёрдамчисиТ.Султанов
Барча ҳуқуқлар ҳимояланган 2025 | Административный суд Сырдарьинской области